so'rov qoldirish
Мы предлагаем:
So'rov yuborish uchun kontakt ma'lumotlaringizni to'ldiring.
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ism:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Telefon:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
E-mail:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена
Bosh sahifa/Kompaniya haqida

KRAN MONTAJ SERVIS haqida

4

Kompaniya yuk ko‘tarish uskunalarini ishlab chiqarish, yetkazib berish va keyingi montaj qilish sohasida katta tajribaga ega.

Zamonaviy ishlab chiqarishda texnologik jarayonni tezlashtirish, osonlashtirish va uning mahsuldorligini oshirish uchun ko‘prikli yoki kozlovoy kran o‘rnatish zarur.

Obyektingizning texnik xususiyatlarini hisobga olgan holda, o‘zimizda, Bolgariya va Xitoyda ishlab chiqarilgan butlovchi qismlardan foydalangan holda, sizga qulay narxda kran tanlashda yordam beramiz. Kranni obyektga tezkorlik bilan yetkazib berishni va kelgusida uning uzluksiz ishlashini ta’minlaymiz.

Biz professional yuk ko‘tarish-tashish va yuk ko‘tarish uskunalarini ishlab chiqaramiz hamda sotamiz:

  • bir to‘sinli va ikki to‘sinli elektr tayanchli ko‘prik kranlari;

  • bir to‘sinli va ikki to‘sinli elektr osma ko‘prik kranlari;

  • kozlovoy kranlar;

  • konsol kranlar;

  • kran uskunalarining ehtiyot qismlari (chekki to‘sinlar, kran kabinalari, yuk tashish kran aravachalari, kran g‘ildiraklari, sochiluvchan yuklarni ortish uchun kran greyferlari, tros o‘rash barabanlari, kran ilgakli ilgichlari va h.k.).

Quyidagilarni yetkazib beramiz:

  • Bolgariya, Xitoy, Turkiya ishlab chiqarishi bo‘lgan elektr telferlar;

  • yuk ko‘tarish mexanizmlari uchun ehtiyot qismlar;

  • elektr dvigatellar;

  • trolley va kabel ulanishlari;

  • masofadan boshqarish pultlari;

  • ovozli va yorug‘likli sirenalar.

Kranlarni ishlab chiqarish jarayoniga shaxsiy uskunalar parki va malakali xodimlar jalb etilgan.

Agar obyektingiz allaqachon kran bilan jihozlangan bo‘lsa-yu, ammo u ishlamayotgan bo‘lsa, biz sizga uskunani ta’mirlashni ham, uni almashtirishni ham taklif qila olamiz. Kompaniyamiz xorijdan — Bolgariya, Xitoy va Turkiyaning eng yaxshi hamda ishonchli ishlab chiqaruvchilaridan elektr telferlar va ehtiyot qismlar yetkazib berishni yo‘lga qo‘ygan.

Sizga qulay bo'lgan har qanday usulda biz bilan bog'laning!
Bizning kontaktlarimiz:
Kompaniyamiz har doim yanada rivojlanishga intiladi va bizga murojaat qilayotgan mijozlar mamnun bo‘lishlari uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi.
Ish vaqti:
9:00 - 18:00
Bizning manzil:
Toshkent sh., Sergeli tumani, Yangi Sergeli ko‘chasi, 95-uy
/
4
/
4
Оставить заявку
Чтобы оставить заявку, пожалуйста, заполните свои контактные данные
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Строка ввода:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
E-mail:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена